Andijon suv ombori
Kampirravot, Kampirobod, Kampirovot | |
---|---|
Andijon suv ombori | |
Andijon suv ombori Qirgʻizistonda | |
Morfometriya | |
Uzunligi | 6 km |
Maydoni | 56 km² |
Sigʻimi | 1,9 mlrd. m3 |
Maksimal chuqurligi | 98 |
Xarakteristikasi | |
Toʻgʻon balandligi | 121 m |
Havzasi | |
Quyiladigan irmoqlar | Qoradaryo, Yassi |
Joylashuvi | |
Mamlakat | Oʻzbekiston, Qirgʻiziston |
Andijon suv ombori (qirgʻizcha: Кемпир-Абад суу сактагычы) — Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-yilda nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori o. balandligi 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv oʻtkazuvchi inshootlar favqulodda tosh-qinda 1700 m³/s gacha suv oʻtkazishga va umumiy suv sarfi 230 m³/s boʻlgan irrigatsiya kanallariga oqizishga moʻljallangan. GES kanallarga tushayotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m³/s suv sarfiga moʻljallangan, quvvati 140 MVt. Andijon suv ombori omborining suvi Fargʻona vodiysida 273 ming gektarga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qoʻshimcha 35 ming gektar yerni sugʻorish imkoniyatini beradi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fargʻona vodiysida suv ombori qurish gʻoyasi birinchi marta 1917-yilda muhandis-gidravlik Ivan Aleksandrov tomonidan ilgari surilgan. Natijada, SSSR Vazirlar Kengashi tomonidan 1963-yil 15-martda qurilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Loyihaning asosiy maqsadi Katta Farg‘ona va Katta Andijon kanallari yaqinidagi hamda Farg‘ona vodiysining janubi-sharqiy qismidagi qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bilan taʼminlash edi. Yangi suv ombori loyihasi bosh muhandislar N. S. Juikov va L. S. Litvak boshchiligidagi „Sredazgiprovodxlopok“ instituti ilmiy jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan. Uni qurish uchun SSSR Davlat byudjetidan 297 million rubl ajratildi va uni 1970-yilgacha yakunlash rejalashtirilgan[1]. 1962-yilda Sharof Rashidov tashabbusi bilan Andijon suv ombori qurilishi boshlandi. Bu gigant sunʼiy havza 6 ming gektardan ko‘p maydonni egallagan va 1 milliard 750 million kuba metr suv saqlaydigan va qurg‘oqchilik paytida 44 ming gektar yangi yerlarni o‘zlashtirish, 400 ming eski ekin maydonlarini suv bilan taʼminlash imkonini berardi. Shu joydan Kampirovot va Jalolobod magistral kanallari boshlanadi. Ular dalalarga namlik keltirib 100 ming tonna paxta,75 ming tonna sabzavot, 150 ming tonna meva-cheva yaratish imkonini beradi. Bu inshoot tufayli paxta har gektaridan hosildorlik o‘rtacha 4 sentnerga ortishi ko‘zlangan. Bu qurilish 1982-yilda nihoyasiga yetgan[2]. Shunga qaramay, suv omborining qurilishi faqat 1969-yilda boshlangan va 1983-yilda yakunlangan[3]. Kampirravot arxeologik ekspeditsiyasining arxeologik qazishmalari suv ombori qurilishi zonasida 1967-yilgacha davom etgan[4]. Suv omborining qurilishi Qirgʻiziston SSR hududida bir necha ming gektar yerni suv bosishiga olib keldi. Suv bosgan yerlarning oʻrni chegara hududlaridagi 4127 gektar yerning Oʻzbekiston SSRga berilishi hisobiga qoplandi, keyinchalik bu yerda bir qancha qishloqlar va aeroport qurilgan (Aqsi viloyatida)[5]. Respublikalar o‘rtasida Andijon (Kampirravot) suv omborini hisobga olgan holda Qoradaryo va „Qirgʻizgiprovodxoz“ suv resurslaridan foydalanish boʻyicha 1965-yil 23-sentabrda "O‘zbekiston SSR Suv xo‘jaligi vazirligi, Qirg‘iziston SSR Suv xo‘jaligi vazirligi, Qirg‘iziston SSR Davlat qurilishi, „Sredazgiprovodxlopok“ loyiha institutlari vakillari yig‘ilishi bayonnomasi" imzolandi[6].
Suv omborining qurilishi Andijon GESi qurilishi bilan bogʻliq edi. 2010-yilda Andijon GES-2 barPo qilindi. GES Qoradaryoning Fargʻona vodiysiga chiqishida joylashgan boʻlib, Xonobod shahri yaqinida joylashgan. Uning asosiy maqsadi sugʻorish suvi bilan taʼminlashdir[3].
Suv omborining ishga tushirilishi 44 ming gektar yangi yerlarni sug‘orish va O‘zbekistonda 257 ming gektar, Qirg‘izistonda 159 ming gektar sobiq yerlarni sug‘orish hajmini oshirish imkonini berdi[1].
Xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andijon suv ombori tashqi koʻrinishidan kanaldir. Asosiy maqsad — yerni sugʻorish va energiya ishlab chiqarish. Suv omborining maksimal chuqurligi 98 metrni tashkil qiladi. Suv omborining kengligi 6 kilometr, uzunligi 20 kilometr[1]. Loyiha boʻyicha suv yuzasi maydoni 56 km². Suv omboriga Qoradaryoning irmoqlari, Tar va Qoraqulja daryolari quyiladi.
Delimitatsiya va demarkatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]SSSR parchalanganidan keyin suv ombori mustaqil Qirgʻiziston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hududiy nizo markazida boʻlgan. 2021-yilning 23-mart kuni Qirg‘iziston—O‘zbekiston Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish milliy qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiev boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi va 24-25-mart kunlari uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki tomonlama muzokaralardan so‘ng Qamchibek Tashiev Kempirobod suv ombori to‘g‘oni O‘zbekistonga o‘tishiga qaror qilingani, biroq qo‘shnilar bir qancha shartlarni bajarishi shart ekanini aytdi. Shuningdek, u tomonlar yer almashinuvi boʻyicha protokol imzolagani haqida maʼlum qildi.
Natijada Qora-Suu va O‘zgan tumanlari aholisi suv ombori atrofidan yer berilmaslik talabi bilan miting o‘tkazdi va ijtimoiy tarmoqlarda Kempir-Obod masalasi muhokama qilindi. Tashiyev xalq bilan uchrashib, tushuntirish ishlari olib borsa-da, natija bermadi. Natijada Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi raisi Kampirobod suv omboriga tegishli yerlar xalq talabi bilan O‘zbekistonga o‘tkazilmasligini aytib, xalqni tinchlantirdi[7]. Namoyishga chiqqan 22 kishi hibsga olindi.
2022-yil 26-sentabr kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Bishkekka keldi va Qamchibek Tashiev bilan muayyan masalalar bo‘yicha yangi Bitim Qirgʻiziston-Oʻzbekiston davlat chegarasi uchastkalari loyihasini kelishish tartibini boshlash imkonini beruvchi bayonnomani imzoladilar[8]. Tashiyev Qirgʻiziston-Oʻzbekiston chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalasini yechimi tarixiy missiya ekanini taʼkidlab, delimitatsiya jarayoni yakunlanganini aytdi. Keyinroq Vazirlar Mahkamasi raisi Oqilbek Japarov O‘zbekiston bilan chegara masalasi muzokaralar yo‘li bilan hal etilganini aytdi. Oradan uch kun o‘tib, 29-sentabr kuni Jo‘qorg‘u Kenesh deputati Adaxan Madumarov O‘zgen tumanida Kampirobod suv ombori O‘zbekistonga o‘tkazilgan va rasmiylar „Ichkaridan imzo qo‘yib, mamlakatda katta sarosimaga sabab bo‘lgan“ degan fikrlarni bildirdi. Shuningdek, bu muammo suv omboriga yaqin joylashgan qishloqlar aholisini tashvishga solayotganini aytdi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Насритдинов К. М., Уролов С. Г. Из истории строительства Андижанского водохранилища // Синтез науки и общества в решении глобальных проблем современности : сборник статей. — Стерлитамак: АМИ, 2017. — Т. 4. — С. 148—150. — ISBN 978-5-906996-48-0.
- ↑ Shamsutdinov, R.T; Ishoqov, A.A.. Andijon tarixidan lavhalar. Toshkent: Sharq nashriyoti.
- ↑ 3,0 3,1 Сатыбалдиев Б. С., Шербаева З. Э., Камчиев У. М. Пограничные вопросы, возникающие в Ферганской долине из-за водохранилищ // Известия ВУЗов Кыргызстана. — 2018. — № 8. — С. 32—35. — ISSN 1694-7681.
- ↑ Кольченко В. А. Из истории археологии Кыргызстана (1950 - нач. 1970 гг.) // Кыргызстан: история и современность. — Бишкек, 2006. — С. 105—122. — ISBN 5-8355-13771.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Зверинцева Татьяна. „Кому Кемпир‑Абад, а кому Андижанское. Передача водохранилища в Ошской области Узбекистану вызвала протесты и задержания в Кыргызстане“ (ru) (deadlink). Медиазона Центральная Азия (2022-yil 25-oktyabr). 2022-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-noyabr.
- ↑ „Отчетность по глобальному целевому показателю ЦУР 6.5.2“ (ru).
- ↑ „Кемпир-Абад Өзбекстанга берилбей турган болду“. Super.kg. Qaraldi: 2022-yil 9-oktyabr.
- ↑ Ҳулкар Муртазоева „Кампиробод учун Ўзбекистон қанча ер беряпти?“. qalampir.uz. Qaraldi: 15-iyun 2023-yil.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |